SafaroSafaro
uzruen
← Bosh sahifa

SAFARO MAXFIYLIK BILDIRISHNOMASI

Safaro mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda "ilova" deb yuritiladi) jismoniy shaxslarga shaharlararo va viloyatlararo yo'lovchi tashish, pochta-jo'natma yetkazish xizmatlarini buyurtma qilish imkonini beradi.

Safaro ilovasi O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan va Samarqand shahridagi ofisda joylashgan "Wip Doer" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladi.


1. BIZ BILAN QANDAY BOG'LANISH MUMKIN?

  1. Ilova ichidagi qo'llab-quvvatlash bo'limi orqali biz bilan aloqaga chiqish mumkin.
  2. Ilovada tizimga kirganingizdan keyin texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog'lanish mumkin. Tizimga kirishingiz sizni identifikatsiya qilishimizga imkon beradi.
  3. Shuningdek, info@safaro.uz elektron pochta manzili yoki +998 55 705 44 44 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

2. SHAXSIY MA'LUMOTLARINGIZNI KIM QAYTA ISHLAYDI?

1. Shaxsiy ma'lumotlaringiz quyidagi kompaniya tomonidan qayta ishlanadi:

IlovaMamlakatKompaniyaManzil
SafaroO'zbekiston"Wip Doer" MChJBeruniy ko'chasi, 81-uy, Samarqand shahri, Samarqand viloyati, O'zbekiston Respublikasi

Ushbu kompaniya amaldagi qonunchilikka muvofiq "kontroller" sifatida ish yuritadi va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilaydi.

Ilovamizda telefon raqami va bir martalik SMS-kod (OTP) yagona identifikatsiya vositasi sifatida qo'llaniladi. Ro'yxatdan o'tganingizdan keyin, biz faoliyat ko'rsatadigan hududlarda ilovamizdan foydalanishingiz mumkin.


3. QAYSI SHAXSIY MA'LUMOTLAR QAYTA ISHLANADI, QANDAY VA NIMA UCHUN?

1. Biz qayta ishlaydigan ma'lumotlar toifalari, ularning manbasi va qayta ishlash maqsadlari:

ManbaMa'lumotlarMaqsadlar
Bizga bevosita taqdim etasizIsm, familiyaSizni foydalanuvchimiz sifatida identifikatsiyadan o'tkazish va buyurtmangiz yuzasidan muloqot qilish
Telefon raqamiAvtorizatsiya, OTP tasdiqlash va buyurtma bo'yicha aloqa uchun
Profil rasmi (ixtiyoriy)Haydovchi va yo'lovchi o'rtasida shaxsni tasdiqlash uchun
Manzillar (jo'nash va borish nuqtasi)Buyurtmani shakllantirish, yo'nalishni hisoblash va haydovchini topish uchun
Mijozlarning fikr-mulohazalari va baholariXizmat sifatini nazorat qilish va yaxshilash uchun
Haydovchi hujjatlari (guvohnoma, texnik passport, mashina rasmi, selfi)Haydovchini tekshirish va tasdiqlash, xavfsizlikni ta'minlash uchun
Shikoyatlar va qo'llab-quvvatlash murojatlariMuammolarni hal qilish va xizmatni yaxshilash uchun
Qurilmangiz va ilovamiz orqali yuboriladiIP-manzil, qurilma identifikatori, turi va modeli, operatsion tizimHisobingizga va IT tizimlarimizga kirish xavfsizligini ta'minlash uchun
Ilova versiyasiTexnik muammolarni aniqlash va hal qilish uchun
Ilova bilan o'zaro aloqa vaqtida yaratiladiGPS joylashuv koordinatalari (faqat faol buyurtma davomida)Haydovchining real-vaqt joylashuvini ko'rsatish, yo'nalishni aniqlash uchun
Buyurtma tarixi (yo'nalishlar, sanalar, narxlar)Xizmat ko'rsatish, tarix saqlash va analitika uchun
Chat yozishmalariNizolarni hal qilish va xizmat sifatini nazorat qilish uchun
Ilovada sarflangan vaqt, foydalanish chastotasiIlova va foydalanish tajribasini yaxshilash, mos funksiyalarni taqdim etish uchun

2. Bizga bevosita taqdim etadigan ma'lumotlaringiz ilovaning to'g'ri ishlashi uchun zarur. Bu ma'lumotlarsiz buyurtma berish yoki boshqa asosiy funksiyalardan foydalanish imkonsiz.

3. Qurilmangiz orqali avtomatik yig'iladigan ma'lumotlar hisobingiz xavfsizligini ta'minlash va texnik muammolarni hal qilish uchun ishlatiladi.

4. Biz ma'lumotlaringizni marketing maqsadlarida ishlatishni rejalashtirgan taqdirda, sizning roziligingizni so'raymiz.

Har qanday holatda ham siz ma'lumotlarning to'planishi va to'plash maqsadi haqida xabardor qilinasiz. Biz bilan aloqaga chiqib, istalgan vaqtda o'z roziligingizni qaytib olishingiz mumkin.

Siz bunday rozilik bermaslikka haqlisiz va bu ilovamizdan foydalanish imkoniyatingizga ta'sir qilmaydi.

5. Favqulodda tibbiy yordam yoki pandemiya kabi istisnoli holatlarda muhim jamoat manfaatlari sababli sizning yoki uchinchi shaxslarning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun ma'lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin.

6. Biz firibgarlikka qarshi himoya tizimlarimizda ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlashdan foydalanamiz — ular ilovadagi faolligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi va shubhali harakatlarni bloklaydi. Bu sizning hisobingiz va boshqa foydalanuvchilarning xavfsizligini ta'minlash uchun amalga oshiriladi.

Agar tizimlarimiz xatolikka yo'l qo'ygan deb hisoblasangiz, biz bilan bog'laning.

7. Ma'lumotlaringizni ularni qayta ishlash maqsadlariga erishilmagunicha qayta ishlashda davom etamiz. Biz ma'lumotlaringizni qayta ishlashni qonunchilikka asosan yoki bizning manfaatlarimiz, shuningdek, uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishi uchun zarur bo'lsa, davom ettiramiz.

Masalan, buyurtmaga oid ma'lumotlar zaruriy da'vo muddati o'tguniga qadar saqlanadi.

8. Yordam xizmatimiz, shuningdek haydovchilar bilan alib borilgan chat yozishmalari, agar ular ilovada yoki ilovada ko'rsatilgan kontakt ma'lumotlari orqali olib borilgan bo'lsa, yozib olinadi.

Yozuvlar nizolar va sud da'volarini hal qilish, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmat sifatini nazorat qilish uchun qo'llanilishi mumkin.

Chat yozishmalari 90 kun davomida saqlanadi. Ularga faqat vakolatli xodimlarimiz kira oladi.


4. SHAXSIY MA'LUMOTLARINGIZ UZATILADIMI?

1. Shaxsiy ma'lumotlaringiz faqat quyidagi tomonlarga uzatiladi:

(a) Ilovada xizmatlarni taqdim etishga bevosita hissa qo'shadiganlar:

  • Buyurtmangizni qabul qilish va bajarish uchun haydovchilar (ism, telefon raqamingizning cheklangan ko'rinishi, jo'nash va borish manzili);
  • SMS-xabarnoma xizmatlari (ESKIZ.uz) — OTP kodlarini yuborish uchun;
  • Push-bildirishnoma xizmatlari (Firebase) — buyurtma holati haqida xabar berish uchun;
  • Xarita xizmatlari (Yandex MapKit) — yo'nalish va joylashuvni aniqlash uchun;
  • Texnik nosozliklarni tahlil qilishda ishtirok etuvchi affillangan shaxslar.

(b) Qonunchilikka asosan ma'lumotlaringizni olish huquqiga ega bo'lganlar:

Masalan, huquqni muhofaza qilish organlari — sud qarori, prokuratura so'rovi yoki IIB organlarining rasmiy talabi asosida.

(c) Ilovamizni yaxshilashga yordam beruvchilar:

Anonimlashtrilgan foydalanish statistikasi analitika xizmatlariga uzatilishi mumkin. Bunday ma'lumotlar orqali alohida shaxsni aniqlash imkonsiz.

2. Biz ma'lumotlaringizni uzatadigan tomonlar turli mamlakatlarda joylashgan bo'lishi mumkin (masalan, push-bildirishnoma va xarita xizmatlari). Bunday hollarda uzatish davomida va undan keyin huquqlaringizga rioya qilinishi va shaxsiy ma'lumotlaringiz himoyasini ta'minlash uchun zaruriy choralarni ko'ramiz.

3. Biz shaxsiy ma'lumotlaringizni reklama yoki marketing maqsadlarida uchinchi tomonlarga sotmaymiz yoki bepul bermaymiz.


5. O'Z HUQUQLARINGIZNI QANDAY HIMOYA QILA OLASIZ?

1. Kirish ruxsati

Siz doim o'z shaxsiy ma'lumotlaringizga kira olasiz. Ilovaga kirganingizdan keyin sizda buyurtmalaringiz tarixi va profil ma'lumotlaringiz mavjud bo'ladi. Siz, shuningdek, hisobingizga telefon raqamingiz orqali kirib, o'z ma'lumotlaringizni boshqarishingiz mumkin.

2. Tuzatish

Ilovaga kirganingizdan keyin profilingizda shaxsiy ma'lumotlaringizni to'g'rilashingiz mumkin (ism, profil rasmi). Agar ilovada ma'lumotlarni to'g'rilab bo'lmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling.

3. O'chirish

Ilovada hisobingizni o'chirish so'rovini yuborishingiz mumkin. Hisob o'chirilganda sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz 60 kun ichida qaytarib bo'lmas tarzda yo'q qilinadi.

Biz muayyan ma'lumotlarni, jumladan, qonunchilikka asosan yoki manfaatlarimiz himoyasi, xususan, sud ishlari uchun saqlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni siz ularni ilovadan olib tashlaganingizdan so'ng ham saqlashimiz zarur. Ma'lumotlarni o'chirish imkoniyati so'z va axborot erkinligiga oid qonun yoki qoidalar bilan cheklanishi mumkin.

4. Qayta ishlashni cheklash

Siz muayyan holatlarda shaxsiy ma'lumotlaringizning qayta ishlanishini cheklash huquqiga egasiz. Masalan, agar shaxsiy ma'lumotlaringizni tuzatmoqchi bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlar tuzatilguniga qadar ma'lumotlaringizning qayta ishlanishi cheklanishi uchun yordam xizmatiga so'rov yuborishingiz mumkin.

5. E'tiroz

Shaxsiy ma'lumotlaringizning qayta ishlanishi huquqlaringizni buzadi deb hisoblasangiz, bunga e'tiroz bildirish huquqiga egasiz. E'tiroz bildirish huquqidan faqat sizning ma'lumotlaringizni qonuniy manfaatlarimiz asosida qayta ishlagan holatlardagina foydalanish mumkinligini inobatga oling.

6. Shikoyatlar

Biz shikoyat va takliflaringizni ko'rib chiqishga doim tayyormiz. Ularni info@safaro.uz manziliga yoki ilova ichidagi qo'llab-quvvatlash bo'limiga yuborishingiz mumkin.

Bundan tashqari, huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, O'zbekiston Respublikasining tegishli nazorat organiga shikoyat yo'llashingiz mumkin.

7. Ko'rib chiqish muddati

Kompaniya barcha murojatlarni 10 ish kuni ichida ko'rib chiqadi. Murakkab hollarda muddat 15 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin, bu haqda siz xabardor qilinasiz.


6. BU HUJJATGA QAY TARZDA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILADI?

1. Agar ushbu Maxfiylik bildirishnomasiga sizning huquqlaringizga jiddiy ta'sir qiluvchi o'zgartirishlar kiritiladigan bo'lsa, biz sizni ilovadagi bildirishnoma yoki push-xabar orqali xabardor qilishimiz mumkin.

Misol uchun, agar biz qayta ishlanadigan ma'lumotlarning yangi toifalarini yoki ma'lumotlarni qayta ishlashning yangi maqsadlarini qo'shsak — bunday o'zgartirishlar kuchga kirishidan avval sizga bildirishnoma yuboriladi.

2. Yangilangan versiya Ilovada e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ilovadan foydalanishni davom ettirish — yangilangan Maxfiylik bildirishnomasini qabul qilish deb hisoblanadi.

3. Ushbu bildirishnomaning so'nggi versiyasi doimo Ilova sozlamalari bo'limida mavjud bo'ladi.


Nashr qilingan sana:

22.03.2026

© 2026 Safaro. Barcha huquqlar himoyalangan.