SafaroSafaro
uzruen
← Bosh sahifa

SAFARO PLATFORMASI — MAXFIYLIK SIYOSATI

Amal qilish sanasi: 22 mart 2026-yil


1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda — "Siyosat") Safaro mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda — "Ilova" yoki "Platforma") orqali yig'iladigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan barcha shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.

1.2. Ilovaning huquq egasi — "Wip Doer" MChJ (keyingi o'rinlarda — "Kompaniya"), O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs.

1.3. "Shaxsiy ma'lumot" — aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo'lgan jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita tegishli bo'lgan har qanday axborot.

1.4. "Foydalanuvchi" — Ilovadan yo'lovchi (mijoz) yoki haydovchi sifatida foydalanayotgan har qanday shaxs.

1.5. Safaro — haydovchi va yo'lovchilarni bog'lovchi vositachi platforma bo'lib, shaharlararo va viloyatlararo yo'lovchi tashish, pochta-jo'natma yetkazish xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya transport xizmati ko'rsatuvchi tomon emas, balki faqat haydovchi va yo'lovchilar o'rtasidagi aloqani ta'minlovchi texnologik platforma hisoblanadi.

1.6. Ilovadan foydalanishni boshlash orqali Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlarini to'liq qabul qilgan hisoblanadi.

1.7. Agar Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga rozi bo'lmasa, Ilovadan foydalanishni to'xtatishi lozim.


2. YIG'ILADIGAN MA'LUMOTLAR TURLARI

2.1. Ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari

  • Mobil telefon raqami (majburiy)
  • Ism va familiya (majburiy)
  • Profil rasmi (ixtiyoriy)
  • Foydalanuvchi tili sozlamasi

2.2. Geolokatsiya ma'lumotlari

  • GPS orqali real-vaqt joylashuv koordinatalari
  • Sayohat yo'nalishlari va manzillar
  • Tanlangan tuman, shahar va viloyat ma'lumotlari
  • Joylashuv tarixi (faqat faol buyurtma davomida)

2.3. Haydovchi hujjatlari

  • Haydovchilik guvohnomasi (old tomoni)
  • Transport vositasining texnik pasporti
  • Avtomobil davlat raqami
  • Avtomobil fotosurati (bir nechta burchakdan)
  • Haydovchi selfi-surati (shaxsni tasdiqlash uchun)
  • Transport vositasi turi, rangi, markasi va sig'imi

2.4. Qurilma va texnik ma'lumotlar

  • Qurilma modeli va operatsion tizimi
  • IP-manzil
  • Ilova versiyasi
  • Qurilma identifikatori (push-bildirishnomalar uchun)
  • Tarmoq ulanish turi

2.5. Buyurtma ma'lumotlari

  • Kelishilgan narx summasi
  • Buyurtma sanasi va holati

Eslatma: Hozirgi vaqtda Platformada barcha to'lovlar yo'lovchi va haydovchi o'rtasida bevosita naqd pul ko'rinishida amalga oshiriladi. Kompaniya to'lov jarayonida ishtirok etmaydi, pul mablag'larini qabul qilmaydi va yo'naltirmaydi.

2.6. Xizmat faoliyati ma'lumotlari

  • Buyurtmalar tarixi (jo'nash va borish manzillari, sana, narx)
  • Haydovchi va yo'lovchi baholari va sharhlari
  • Shikoyatlar va qo'llab-quvvatlash murojatlari
  • Chat yozishmalari (faqat faol buyurtma davomida)

2.7. Analitika ma'lumotlari

  • Ilova ichidagi harakatlar statistikasi (anonim shaklda)
  • Xatoliklar va nosozliklar jurnali (crash logs)
  • Xizmatdan foydalanish chastotasi

3. MA'LUMOTLARNI YIG'ISH VA QAYTA ISHLASH MAQSADLARI

3.1. Xizmat ko'rsatish — buyurtmalarni shakllantirish, haydovchi topish, yo'nalishlarni hisoblash, real-vaqt joylashuvni ko'rsatish.

3.2. Xavfsizlikni ta'minlash — shaxsni tasdiqlash, firibgarlikni aniqlash va oldini olish, mushtariy va haydovchi xavfsizligini ta'minlash.

3.3. Buyurtma ma'lumotlarini qayd etish — kelishilgan narxlar va buyurtma tarixini saqlash.

3.4. Platformani takomillashtirish — xizmat sifatini oshirish maqsadida anonimlashtrilgan statistik tahlil o'tkazish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash.

3.5. Qo'llab-quvvatlash — texnik yordam ko'rsatish, shikoyatlarni ko'rib chiqish, nizolarni hal etish.

3.6. Qonuniy majburiyatlar — amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

3.7. Bildirishnomalar — buyurtma holati, yangiliklar va xizmat haqidagi bildirishnomalarni yuborish (Foydalanuvchi push-bildirishnomalarni sozlamalarda o'chirishi mumkin).


4. MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING HUQUQIY ASOSLARI

4.1. Foydalanuvchining roziligi — Ilovadan foydalanishni boshlash orqali beriladi.

4.2. Shartnomaviy majburiyatlar — xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni qayta ishlash.

4.3. Qonuniy talablar — O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni va boshqa tegishli me'yoriy hujjatlarga muvofiq.

4.4. Kompaniyaning qonuniy manfaatlari — platformaning xavfsiz va barqaror ishlashini ta'minlash.


5. MA'LUMOTLARNI UCHINCHI TOMONLARGA BERISH

5.1. Xizmat ko'rsatuvchi hamkorlar — SMS-xabarnoma xizmatlari (ESKIZ.uz), push-bildirishnoma xizmatlari (Firebase), xarita xizmatlari (Yandex MapKit). Hamkorlarga faqat xizmatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan minimal hajmdagi ma'lumotlar uzatiladi.

5.2. Haydovchi–yo'lovchi aloqasi — buyurtma davomida tomonlarning telefon raqami cheklangan (maskalangan) ko'rinishda ko'rsatilishi mumkin. Buyurtma tugaganidan keyin to'g'ridan-to'g'ri aloqa imkoniyati cheklanadi.

5.3. Huquqni muhofaza qilish organlari — qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda: sud qarori, prokuratura so'rovi yoki IIB organlarining rasmiy talabi asosida.

5.4. Anonimlashtrilgan ma'lumotlar — shaxsiy identifikatsiya imkoni bo'lmagan umumlashtirilgan statistik ma'lumotlar analitika va tadqiqot maqsadlarida ishlatilishi mumkin.

5.5. Kompaniya Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini reklama yoki marketing maqsadlarida uchinchi tomonlarga sotmaydi va bepul bermaydi.


6. MA'LUMOTLARNI SAQLASH

6.1. Saqlash muddatlari

Ma'lumot turiSaqlash muddati
Profil ma'lumotlariHisob faol bo'lgan muddat davomida
Geolokatsiya (real-vaqt)Faqat faol buyurtma davomida — buyurtma tugagach o'chiriladi
Buyurtmalar tarixiHisob faol bo'lgan muddat + profil o'chirilgandan keyin 90 kun
Buyurtma ma'lumotlari (narx, yo'nalish)Qonunchilikka muvofiq 5 yilgacha
Chat yozishmalari90 kun
Haydovchi hujjatlariHaydovchi hisobi faol bo'lgan muddat davomida
Crash logs va analitika12 oygacha (anonim shaklda)

6.2. Profilni o'chirish

Foydalanuvchi profilini o'chirishni so'raganida, barcha shaxsiy ma'lumotlar 60 kun ichida qaytarib bo'lmas tarzda o'chiriladi. Qonunchilik tomonidan saqlash majburiy bo'lgan ma'lumotlar (buyurtmalar tarixi) bundan mustasno.

6.3. Faol bo'lmagan hisoblar

12 oy davomida faoliyat ko'rsatmagan hisoblar to'g'risida Foydalanuvchiga ogohlantirish yuboriladi. Agar javob olinmasa, hisob muzlatiladi va qo'shimcha 90 kundan keyin ma'lumotlar o'chiriladi.


7. FOYDALANUVCHI HUQUQLARI

7.1. Ko'rish huquqi — o'zi haqida yig'ilgan ma'lumotlar bilan tanishish.

7.2. Tuzatish huquqi — noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarni yangilash.

7.3. O'chirish huquqi — profilni va unga bog'liq ma'lumotlarni o'chirishni so'rash.

7.4. Cheklash huquqi — ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatishni talab qilish.

7.5. E'tiroz bildirish — ma'lumotlardan marketing maqsadlarida foydalanishga qarshi chiqish.

7.6. Ma'lumotlarni olish — o'z shaxsiy ma'lumotlarining nusxasini olish (mashinada o'qiladigan formatda).

7.7. Kompaniya Foydalanuvchi murojatlarini 10 ish kuni ichida ko'rib chiqadi. Murakkab hollarda muddat 15 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin, bu haqda Foydalanuvchi xabardor qilinadi.

7.8. Murojatlar uchun: info@safaro.uz yoki Ilova ichidagi qo'llab-quvvatlash bo'limi orqali.


8. MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH CHORALARI

8.1. Shifrlash — barcha ma'lumotlar SSL/TLS protokoli orqali shifrlangan holda uzatiladi (HTTPS).

8.2. Server xavfsizligi — serverlar firewall va kirishni boshqarish tizimlari bilan himoyalangan.

8.3. Autentifikatsiya — bir martalik SMS-kod (OTP) orqali shaxsni tasdiqlash tizimi.

8.5. Kirish nazorati — shaxsiy ma'lumotlarga faqat vakolatli xodimlar cheklangan doirada kira oladi.

8.6. Monitoring — ruxsatsiz kirish urinishlarini aniqlash va oldini olish tizimi faoliyat yuritadi.

8.7. Zaxira nusxalash — ma'lumotlarning muntazam zaxira nusxalari yaratiladi va shifrlangan holda saqlanadi.

8.8. Kompaniya ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha oqilona choralarni ko'radi, biroq Internet orqali uzatiladigan hech qanday ma'lumotning 100% xavfsizligini kafolatlash texnik jihatdan mumkin emasligini ma'lum qiladi.


9. QURILMA RUXSATLARI

Ilova to'g'ri ishlashi uchun quyidagi qurilma ruxsatlarini so'rashi mumkin:

RuxsatMaqsad
Joylashuv (GPS)Real-vaqt joylashuvni aniqlash va yo'nalish hisoblash
KameraProfil, avtomobil va hujjat fotosuratlarini olish
BildirishnomalarBuyurtma holati va boshqa muhim xabarlar
TelefonHaydovchi/yo'lovchiga qo'ng'iroq qilish
Fayl saqlashFotosuratlarni yuklash

Foydalanuvchi istalgan vaqtda qurilma sozlamalari orqali ruxsatlarni boshqarishi mumkin. Ayrim ruxsatlarni o'chirish Ilovaning ba'zi funksiyalari ishlamasligiga olib kelishi mumkin.


10. COOKIE VA ANALITIKA TEXNOLOGIYALARI

10.1. Ilova xizmat sifatini oshirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida analitika vositalaridan foydalanadi.

10.2. Yig'iladigan analitika ma'lumotlari anonimlashtrilgan bo'lib, alohida foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun ishlatilmaydi.

10.3. Foydalanuvchi analitika yig'ilishini qurilma sozlamalari orqali cheklashi mumkin.


11. XALQARO MA'LUMOT UZATISH

11.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari asosan O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi.

11.2. Xizmatni ta'minlash uchun zarur bo'lgan hollarda (masalan, push-bildirishnomalar, xarita xizmatlari) ma'lumotlarning bir qismi xorijiy serverlarga uzatilishi mumkin.

11.3. Bunday hollarda Kompaniya ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun tegishli texnik va tashkiliy choralar ko'radi.


12. BOLALAR MAXFIYLIGI

12.1. Ilova 16 yoshga to'lmagan shaxslar uchun mo'ljallanmagan.

12.2. Kompaniya ataylab voyaga yetmagan shaxslardan ma'lumot yig'maydi.

12.3. Agar 16 yoshga to'lmagan shaxsning ma'lumotlari aniqlansa, tegishli hisob darhol o'chiriladi va barcha ma'lumotlar yo'q qilinadi.

12.4. Ota-onalar yoki qonuniy vakillar bunday holatlar to'g'risida info@safaro.uz manziliga xabar berishi mumkin.


13. FORS-MAJOR HOLATLARI

13.1. Kompaniya tabiiy ofatlar, urush, davlat organlari qarorlari, elektr energiyasi uzilishi, Internet tarmoqlarining ishdan chiqishi va boshqa Kompaniya nazoratidan tashqari holatlar (fors-major) natijasida ma'lumotlarning yo'qolishi yoki buzilishi uchun javobgar bo'lmaydi.

13.2. Fors-major holatlari tugagach, Kompaniya ma'lumotlarni tiklash bo'yicha barcha oqilona choralarni ko'radi.


14. UCHINCHI TOMON XIZMATLARI

14.1. Ilova uchinchi tomon xizmatlari (xaritalar, analitika) bilan integratsiyalangan. Ushbu xizmatlarning o'z maxfiylik siyosatlari mavjud bo'lib, Kompaniya ularning amaliyotlari uchun javobgar emas.

14.2. Foydalanuvchiga uchinchi tomon xizmatlari maxfiylik siyosatlari bilan mustaqil tanishish tavsiya etiladi.


15. TO'LOV MUNOSABATLARI VA JAVOBGARLIK CHEGARALARI

15.1. Safaro platformasi faqat haydovchi va yo'lovchilarni bog'lovchi texnologik vositachi hisoblanadi. Kompaniya transport xizmatini bevosita ko'rsatuvchi tomon emas.

15.2. Platformadagi barcha to'lovlar yo'lovchi va haydovchi o'rtasida bevosita naqd pul shaklida amalga oshiriladi. Kompaniya to'lov jarayonida ishtirok etmaydi, pul mablag'larini qabul qilmaydi, saqlamaydi yoki yo'naltirmaydi.

15.3. Kompaniya yo'lovchi va haydovchi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar, shu jumladan narx kelishuvi, to'lov miqdori yoki to'lov bilan bog'liq nizolar uchun javobgar emas.

15.4. Platforma orqali pul mablag'larini qaytarish (refund) xizmati ko'rsatilmaydi, chunki Kompaniya to'lov jarayonida ishtirok etmaydi.

15.5. Kompaniya haydovchi tomonidan ko'rsatilgan transport xizmatining sifati, xavfsizligi yoki o'z vaqtidaligi uchun javobgar emas. Haydovchi mustaqil xizmat ko'rsatuvchi shaxs hisoblanadi.

15.6. Kompaniya yo'lovchi va haydovchi o'rtasidagi shaxsiy kelishuvlar, og'zaki bitimlar yoki Platforma tashqarisidagi har qanday munosabatlar uchun javobgarlik olmaydi.


16. FOYDALANUVCHI MAJBURIYATLARI

16.1. Foydalanuvchi o'z hisobining xavfsizligini ta'minlash, telefon raqamini va OTP kodni uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.

16.2. Foydalanuvchi qurilmasidan ruxsatsiz foydalanish natijasida amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun Foydalanuvchining o'zi javobgar hisoblanadi.

16.3. Ruxsatsiz kirishdan shubhalanilsa, Foydalanuvchi darhol Kompaniyani xabardor qilishi shart.

16.4. Foydalanuvchi Ilova orqali soxta yoki yolg'on ma'lumot taqdim etmasligi kerak.


17. SIYOSATGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITISH

17.1. Kompaniya ushbu Siyosatni istalgan vaqtda yangilash huquqini o'zida saqlab qoladi.

17.2. Muhim o'zgartirishlar kiritilganda Foydalanuvchilar Ilova ichidagi bildirishnoma orqali xabardor qilinadi.

17.3. Yangilangan versiya Ilovada e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

17.4. O'zgartirishlar e'lon qilinganidan keyin Ilovadan foydalanishni davom ettirish yangilangan Siyosat shartlarini qabul qilish deb hisoblanadi.

17.5. Siyosatning so'nggi versiyasi doimo Ilova sozlamalari bo'limida mavjud bo'ladi.


18. AMALDAGI QONUNCHILIK

18.1. Ushbu Siyosat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.

18.2. Siyosat bilan bog'liq nizolar muzokaralar yo'li bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O'zbekiston Respublikasining vakolatli sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi.


19. ALOQA MA'LUMOTLARI

"Wip Doer" MChJ

  • Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Beruniy ko'chasi, 81-uy
  • Elektron pochta: info@safaro.uz
  • Telefon: +998 91 762 26 62
  • Qo'llab-quvvatlash: Ilova ichidagi "Yordam" bo'limi orqali yoki yuqoridagi aloqa ma'lumotlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
  • Ish vaqti: Dushanba–Shanba, 09:00–18:00 (O'zbekiston vaqti). Shoshilinch holatlar uchun — 24/7.

Ushbu Maxfiylik siyosati oxirgi marta 2026-yil 22-mart kuni yangilangan.

© 2026 Safaro. Barcha huquqlar himoyalangan.